Davlat xavfsizlik xizmati maʼlum qilishicha, qoʻlga olinganlardan taxminiy qiymati 20 mlrd soʻmlik, umumiy ogʻirligi 19 kg 119 gr boʻlgan tilla zargarlik buyumlari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.
Gumondorlar mazkur zargarlik buyumlarini qoʻshni Qirgʻiz Respublikasidan noqonuniy ravishda davlat chegarasi orqali mamlakatimizga olib oʻtgan
Hozirda olingan daliliy ashyolar ekspertizaga yuborilib, holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatish masalasi koʻrib chiqilmoqda.