Qayd etilishicha, qishki Osiyo oʻyinlarida 6 sport turida 24 nafar atlet ishtirok etishi belgilandi.

Qayd etish joiz, bu ham sport turi, ham atletlar soni boʻyicha delegatsiyamiz eng katta tarkibda qatnashadigan qishki Osiyo oʻyinlari boʻladi.

Boʻlajak musobaqada yurtimiz sharafini himoya qiladigan sportchilar bilan tanishing:

Short-trek: Daniil Yeybog va Denis Ayrapetyans;
Konkida yugurish: Danila Semerikov;
Togʻ changʻisi: Medet Nazarov, Arman Gayupov, Nikita Gorkovskiy, Sabina Rejepova, Valeriya Kovalyova, Kseniya Grigoreva, Mariya Morozova;
Changʻi alpinizmi: Mohinur Aralova, Feruza Boboqulova, Eʼzoza Shaymardanova, Asila Shoyimova, Jasur Shamsiddinov, Maqsudxon Akobirov, Shohruh Sardorov, Eʼzozbek Xushvaqtov.
Figurali uchish: Yekaterina Geynish, Dmitriy Chigirev, Niginabonu Jamoliddinova, Sevinch Rahimova;
Biatlon: Rolan Raimqulov, Dilmurod Abdurahmonov.

Ochilish marosimi 7-fevral kuniga belgilangan boʻlib, atletlarimizning ishtiroki aynan shu sanadan boshlanadi.