Maʼlumki, olis va chekka hududlarda joylashgan oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalariga shifokorlarga boʻlgan ehtiyoj yuqoriligini inobatga olib “Qishloq shifokori” dasturi qabul qilingan edi. Bu hududlarda ishlamoqchi boʻlgan shifokorlarga 30 million soʻm pul mablagʻi ajratilishi belgilanib, buning uchun joriy yil byudjetdan 20 milliard soʻm ajratildi.

– Oradan 4 oy vaqt oʻtgan boʻlsada na viloyat, tuman va shahar hokimi, na sogʻliqni saqlash boshliqlari birorta talabgor bilan shartnoma imzolamagan. Vaholanki, bugungi kunda olis va chekka hududlar uchun 220 nafar shifokor zarur, – dedi Shavkat Mirziyoyev.