Unga koʻra, davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi olib qoʻyilganda:
- ijara huquqining bozor qiymatini baholash va kompensatsiya toʻlovlarini hisoblash uchun mustaqil ravishda baholash tashkilotini yollaydi;
- er uchastkasining ijara huquqi fermer xoʻjaligi yoki boshqa qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga tegishli kompensatsiya toʻliq toʻlab berilgandan keyin tugatiladi;
- tomonlarning oʻzaro kelishuvi boʻlgan taqdirda, yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini tugatish toʻgʻrisidagi qaror ijaraga beruvchi tomonidan qabul qilinadi, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa sud tartibida koʻrib chiqiladi.