Bu haqda AOKAda o'tkazilgan matbuot anjumanida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi mutasaddilari ma’lum qildi.

Ta'kidlanishicha, joriy yilning yanvar-may oyida tarmoq inspektorlari tomonidan jami 12 801 ta nazorat tadbiri, shundan 440 ta tekshirish, 12361 ta monitoring tartibidagi o‘rganishlar o‘tkazilgan.

"O‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida jami 6375 ta, shundan 5225 tasi — qishloq xo‘jaligi, meliorasiya va yo‘l-qurilish texnikalarining texnik holatini nazorat qilish yo‘nalishida, 14 tasi — qishloq xo‘jaligi, meliorasiya va yo‘l-qurilish texnikalarini ishlab chiqarish va yetkazib berilishini nazorat qilish yo‘nalishida, 796 tasi — qishloq xo‘jaligi texnikalaridan foydalanish, ularga ko‘rsatilgan ta’mirlash va servis xizmatlari sifatini nazorat qilish va 340 tasi — boshqa nazorat yo‘nalishlarida qonunbuzilishi holatlari aniqlangan.

Aniqlangan qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha 660 ta yozma ko‘rsatma, 167 ta taqdimnoma kiritilgan bo‘lsa, 5515 ta holatda ma’muriy choralar qo‘llanilgan, 157 ta holatda xujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan" - deyiladi xabarda.