Qishloq xoʻjaligida mavjud salohiyat toʻliq ishga solinmayotgani koʻrsatib oʻtildi

    Hukumat 25 Noyabr 2022 1686

    Navoiy shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi boʻlib oʻtayotgan Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi sessiyasida davlatimiz rahbari viloyatdagi ayrim yechimini kutayotgan masalalarga toʻxtaldi.

    Viloyat iqtisodiyoti faqatgina yirik korxonalarga qarab qolmasligi kerakligi taʼkidlandi. Tadbirkorlikni koʻproq rivojlantirish, boʻsh yotgan yer uchastkalaridan samarali foydalanish lozimligi koʻrsatib oʻtildi.

    Navoiyda sanoatni yanada rivojlantirish uchun juda katta zaxira va imkoniyatlar boʻlgani bilan, ular toʻliq ishga solinmayotgani qayd etildi.

    Ishsiz yoshlar va yordamga muhtoj ayollar kasbga oʻqitish, bandligini taʼminlash zarurligi taʼkidlandi.

    Qishloq xoʻjaligida mavjud salohiyat toʻliq ishga solinmayotgani koʻrsatib oʻtildi. Navoiy hududida 8,5 million gektar yaylovlar boʻlgani bilan qoʻychilik va qorakoʻlchilik viloyatning drayveriga aylangani yoʻq.

    Ijtimoiy sohada ham aholini qiynayotgan masalalar yetarli. Birgina “Tashabbusli byudjet” doirasida 326 ta mahalla tomonidan 2 ming 346 ta eng dolzarb muammo koʻtarilgan.