Bunday jahon tajribalarini inobatga olgan holda O'zbekiston qishloq xo'jaligini rivojlantirish strategiyasi doirasida zamonaviy innovatsion “Agroxizmatlar markazi” faoliyati ilk bor Farg'ona viloyatida yo'lga qo'yiladigan bo'ldi.
Davlatimiz rahbari Farg'ona viloyatiga tashriflari chog'ida har bir hududning eri, resurslari, imkoniyatlarini to'liq safarbar etish, qishloq xo'jaligi sohasida agroxizmatlar ko'rsatish tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha muhim ko'rsatmalar bergan edi.
Mazkur hududiy markaz tomonidan “yagona darcha tamoyili” asosida davlat-xususiy sherikchilik shartlarida 500 dan ortiq agrosanoat majmuiga oid xizmatlar ko'rsatiladi. SHundan 40 dan ortiq yangi turdagi innovatsion texnologiyalar asosidagi qator xizmatlar, jumladan, geoaxborot tizimlari, dron xizmatlari, xalqaro standartlar, “Organic”, “Global G.A.P” va “Halol” sertifikatlari joriy etiladi.
SHuningdek, markazda 15 ta agrar sohaga ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot institutlarining olimlari, 30 dan ortiq mahalliy va xorijiy agrobiznes vakillari doimiy faoliyat olib boradi.
Xalqaro akkreditatsiyadan o'tgan 5 turdagi zamonaviy laboratoriya , ya'ni qishloq xo'jaligi mahsulotlari xavfsizligi, In-vitro ko'chatchiligi, tuproq, suv va fitosanitariya tahlil laboratorisi viloyatdagi 9 ming fermer xo'jaliklari hamda 500 dan ortiq agrobiznes vakillariga xizmat ko'rsatadi.
Markazda zamonaviy bilim va tajribalarga ega bo'lgan 133 nafar xodim uchun yangi ish joylari yaratilgan. SHundan 40 nafar mutaxassis bugungi kunga qadar dunyoning etakchi davlatlarida (AQSH, Turkiya, Isroil, Gollandiya, Germaniya, Xitoy, Latviya davlatlari) malaka oshirib qaytdi. Qolgan mutaxassislar ham yil yakuniga qadar xalqaro qishloq xo'jaligi markazlarida tajriba o'taydi.
Ushbu markaz faoliyatini yo'lga qo'yishga Jahon bankining kredit loyihasi, Evropa Ittifoqining grant ko'maklari va xususiy investorlarning mablag'lari yo'naltiriladi. Keyingi bosqichlarda mazkur markazlar faoliyati respublikamizning boshqa barcha hududlari va tumanlarida yo'lga qo'yilishi belgilangan.
O'zbekiston Respublikasi
Qishloq xo'jaligi vazirligi
Axborot xizmati