Unga koʻra, “Qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi quyidagi yoʻnalish va komponentlarda amalga oshiriladi.

Qishloq xoʻjaligida davlat boshqaruvi va ilmiy tadqiqot institutlarini transformatsisi yoʻnalishi doirasida loyihalarni ishlab chiqishda fanni rivojlantirishga, ilgʻor texnologiyalarni joriy etishga ustuvor ahamiyat qaratilgan. Xususan, jalb qilinayotgan mablagʻning 87 million dollari qishloq xoʻjaligi sohasidagi 10 ta ilmiy-tadqiqot muassasasi, 4 ta ixtisoslashgan markaz faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini yaxshilashga ajratiladi.

Shuningdek, Markaziy laboratoriya tizimini yoʻlga qoʻyish;

- Milliy Genbankni tashkil etish;

- Strategik va marketing tahlil markazini tashkil etish; - Namoyish maydonlari (demouchastka);

- Trening va taʼlim Markazini tashkil etish;

- Koʻchat, urugʻ va meva-sabzavotchilik yoʻnalishida Savdo Markazini tashkil etish ham koʻzda tutilmoqda.

Har bir ITIlarga xalqaro ekspertlarni va maslahatchilarni jalb etish (2021-2022-yillar).

Bunda:

- Xitoy Yanglingdan - yangi agrotexnologiyalar boʻyicha;

- AQSHdan laboratoriya tizimlari boʻyicha;

- Vetnamdan sholichilik boʻyicha;

- Isroildan suv tejamkor texnologiyalar va tuproq unumdorligi boʻyicha;

- Koreyadan meva-sabzavotchilik boʻyicha ekspertlar taklif qilinadi.

ITIlar yosh hodimlarini xorijda malakasini oshirish va qoʻllab-quvvatlash (2021-2023-yillar)

Bunda:

- Har bir ITIga yangi yosh iqtidorli kadrlar ishga jalb etiladi;

- Mutaxassislarni yetakchi xorijiy ilmiy markazlarida malakasini oshirish tashkil etiladi.

- Yosh ilmiy izlanuvchilarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha grant stipediyalari joriy qilinadi.

Jahon banki tomonidan ajratilayotgan 70,5 mlndollar miqdoridagi mablagʻlar Respublikamizda Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar tizimi (AKIS)ni yilga qoʻyishga yoʻnaltiriladi.

Buning uchun, Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi “Agroinnovatsiya” davlat unitar korxonasi va Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi “Gʻoʻza urugʻchiligi markazi” negizida Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi tashkil etiladi, bunda Jahon Bankining 10-12 million dollari miqdoridagi mablagʻlardan foydalaniladi.

Jahon banki ishtirokidagi “Oʻzbekiston respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish orqali quyidagi natijalarga erishiladi:

- Qishloq xoʻjaligida amaliy tadqiqot va ishlanmalar 50 foizga ortadi;

- Elita va super elita urugʻ va koʻchatlar ishlab chiqarish xajmi 2 barobarga oshadi

- 1 mln gektar maydonni agrotexnologik kartogrammalari yangilanadi;

- Meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan ekin maydonlarini 50 foizga ortadi;

- Yiliga 15 mingta xoʻjaliklarga (fermerlar va tadbirkorlar) xizmat koʻrsatiladi va ular faoliyatida yangi texnologiyalarni joriy etiladi;

- 30 mingdan ortiq xoʻjaliklar kooperatsiya va samarali hamkorlik zanjirida ishtiroki taʼminlanadi;

- 12 ming gektar intensiv bogʻlar barpo etiladi, har yili 22-24 mln. dollar qiymatdagiimport qilinayotgan 6-8 mln. dona intensiv koʻchatlar mahalliy koʻchat hisobiga qoplanadi hamda ichki bozor toʻliq taʼminlanib 15-20 mln. dollarlik eksport imkoniyati yaratiladi;

-Tayyor holda xoʻjaliklarga beriladigan 1000 dan ortiq itensiv bogʻ egalari 3 yil davomida nazariy va amaliy bilimga ega boʻladi, Respublikada milliy amaliyotchi agronomlar maktabi yaratilib, xorijlik agronomlarga boʻlgan talab keskin qisqaradi;

- Hududlarda 5 ta yirik agrologistika komplekslari barpo etiladi va ular orqali yetishtirilgan meva-sabzavotlarning kamida 50 foiz sotiladi;

- 40 ming tonnalik muzlatkichli omborxonalar va 60 ming tonna quvvatdagi qayta ishlash korxonalari ishga tushiriladi;

- Meva-sabzavotlar eksportining yillik oʻsishi qoʻshimcha 400 mln dollarga oshadi;

- 16 mingdan ortiq yangi ish oʻrni yaratiladi;

- Jahon bankidan olingan qarz muddatida (30 yil) mablagʻlar 4-marta aylanadi va 1,2 mlrd dollarlik samara beradi.