Kecha Iordaniyaning Amman shahrida boks boʻyicha Osiyo chempionati start oldi. Dastlabki kunda ringga koʻtarilgan ikki boschimiz ham oʻz ishtirokni gʻalab bilan boshladi.
- 57 kg vazn toifasida Abdumalik Xalakov tailandlik Saravut Suktetni 3:2 hisobida yengdi. U keyingi bosqichda iroqlik Muhammad Anvar Jasim bilan toʻqnash keladi.
Ikkinchi bahsda -63,5 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini Ruslan Abdullayev himoya qildi va yaponiyalik Shunsuke Kitamotoga umuman imkoniyat qoldirmadi. Hisob 5:0. Abdullayev keyingi bosqichda qozogʻistonlik Sanʼatali Toʻltayevga qarshi ringga koʻtariladi.
Bugun ham ikki boschimiz yurtimiz sharafini himoya qiladi.
-63,5 kg vaznda Ruslan Abdullayev – Sanatali Toltayev (Qozogʻiston) bilan, -54 kg vaznda Shahzod Muzaffarov – Zakir Husayn (Pokiston) bilan bahslashadi.