Rossiyaning Uzoq Sharq mintaqasida murakkab ahvolga tushib qolgan mamlakatimiz fuqarosi O'zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulligi ko'magida vatanga qaytarildi.

Ma’lum bo'lishicha, jori yil 10-oktyabr kuni Vladivostokdagi «Парус надежды» maxsus sosiallashtirish markazi xodimlari Bosh konsullikka murojaat qilishib, 2006-yilda tug'ilgan, voyaga yetmagan O'zbekiston fuqarosi O.K. qonuniy vakillarisiz hamda Rossiya qonunchiligini buzgan holda Rossiyaning Primorskiy o'lkasida bo'lib turgani va mazkur muassasada saqlanayotganini bildirishdi.

Shu bois o'zbekistonlik diplomatlar markaz rahbariyati bilan muzokaralar olib borishgani natijasi o'laroq, 13-oktyabr kuni voyaga yetmagan O.K. tog'asi hamrohligida Qirg'izistonga, so'ngra chegara posti orqali Andijon viloyatiga o'tkazilishi ta’minlangani holda ota-onasining huzuriga yetkazildi.