Yangi test tizimi kasallikning mavjudligini klinik ko'rinishlar shakllanishidan 3-4 kun oldin aniqlash imkonini beradi. Tashxis tizimi FMBA rahbari Veronika Skvortsova topshirig'i asosida ishlab chiqildi, deb xabar beradi lenta.ru.

“Test tizimidan foydalanish qizamiq bilan og'rigan bemor bilan aloqada bo'lgan va inkubatsiya davrida epidemiologik o'choqlarda infeksiyaga shubha qilingan shaxslarda kasallikni aniqlash imkonini beradi, bu esa Rossiya Federatsiyasi hududida qizamiq virusi tarqalishini to'xtatishga yordam beradi”, — deyiladi agentlik xabarida.