Tadbir davomida fuqarolar B.S. va U.Ye. qoʻlbola usulda tayyorlangan 8 ta blokda jami 96 shisha (27 shisha 0,45 l va 69 shisha 0,5 l) 46,65 litr “Qaratau” nomli aroq mahsulotlarini shartli xaridorga jami 1,5 million soʻm pul evaziga sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan toʻxtatib qolindi.
Tadbir davom ettirilib, oldindan olingan tezkor maʼlumotlar asosida Nukus shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro J.J.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida, ushbu xonadonda 3 nomdagi 149 shisha jami 72,8 litr qoʻlbola usulda tayyorlangan spirtli ichimliklar borligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.