Olimlar 20 yillik tadqiqot davomida laboratoriya sharoitida leykemiyaning saraton hujayralarini nobud qilishda samarali bo'lgan imetelstat deb nomlangan yangi dorilar sinfini o'rganishga e'tibor qaratishdi. Ma'lum bo'lishicha, modda hujayra o'limining maxsus turini – ferroptozni keltirib chiqaradi. Mutaxassislar bu jarayonni birinchi marta saraton qon hujayralari namunalarida ko'rsatishga muvaffaq bo'lishdi.
Imetelstat leykemik saraton hujayrasiga kiradi va yog' kislotalari almashinuvini tartibga soluvchi ikkita muhim ferment bilan o'zaro ta'sirga kirishadi. Bu hujayra membranasining yorilishiga, o'tkir mieloid leykozda saraton hujayralarining nobud bo'lishiga olib keladi.
An'anaviy davolash usullari foyda bermagan bemorlar uchun yangi davolash usullari muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, dori vositasi boshqa saraton turlari uchun ishlatilishi mumkin. Hozirgi vaqtda olimlar o'tkir mieloid leykoz bilan og'rigan bemorlarda klinik sinovning ikkinchi bosqichini boshlab yuborishdi, deb xabar beradi lenta.ru.