Buning uchun 5 000 dan ortiq kishining tibbiy maʼlumotlari tahlil qilindi. Natijada tadqiqotchilar xavfli qon hujayralari boʻlinishini qoʻzgʻatuvchi genni topishga muvaffaq boʻldi.
Mutaxassislar xulosasiga koʻra, endi TCL1A geniga yoʻnaltiriladigan dorilar orqali saraton hujayralari oʻsishini toʻxtatish mumkin.
Mualliflar fikricha, yosh oʻtishi bilan inson organizmdagi boʻlinuvchi hujayralar turli mutatsiyalarga uchraydi. Ularning aksariyati zararsiz.
Ammo keksa yoshli kishilarning 10 foizdan ortigʻida qon saratoni va yurak kasalliklarini keltirib chiqaruvchi mutatsiyalar rivojlanadi.
Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar beradi.