“Qandli diabetga chalinganlarni davolashda qondagi qand miqdorini me'yorda ushlash muhim ahamiyatga ega. Bu alomatlar va asoratlarni bartaraf etish, hayot sifatini oshirish imkonini beradi”, deydi tibbiyot fanlari doktori Robert Shmerling.

Emi Xess-Fishlning so'zlariga qaraganda, to'g'ri ovqatlanish giperglikemiyadan himoyalanish imkonini beradi. Bunda shakar va uglerodlar iste'mol qilishda me'yorga rioya qilish, sabzavotlar, mevalar hamda donli mahsulotlar iste'mol qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, spirtli ichimliklar iste'mol qilishni cheklash ham muhimdir, deyiladi iz.ru saytida.