Bundan bir necha yillar muqaddam, Prezidentimiz tashabbusi bilan BMT shafeligida Orolboʻyi mintaqasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi bandligini taʼminlash, dengizning qurigan tubida himoya oʻrmonzorlari, Amudaryo deltasida esa kichik suv havzalari barpo etish ishlari boshlab yuborilgandi.
Shu ishlarning uzviy davomi sifatida bitilgan mazkur inshoot, ikki xalq, ikki millat vakillarini bitta osmon ostida, doʻsti qardosh boʻlib yashashlari uchun munosib tuhfa boʻladi. Inshootni ochilish marosimida Sirdaryolik va Qonlikoʻllik faollar, faxriy va nuroniylar, jamoat tashkiloti vakillari, madaniyat va sanʼat namoyondalari ishtirok etib, ikki xalq, ikki millat vakillari oʻrtasida oʻrnatilgan doʻstlik va qardoshlik rishtalari toʻgʻrisida soʻz yuritdi.
Shundan soʻng, Sirdaryolik faol va ziyolilar tomonidan 3 000 dona kitob, yangitdan ish boshlagan, Sayxun va Jayxun maʼnaviyat va maʼrifat maskaniga topshirildi.
Sirdaryolik mirishkor va bobo dehqonlar Sirdaryoda yetishtirilgan, tilimi tilni yorguvchi poliz ekinlari, sarxil nozi—neʼmatlar, tanga darmon hisoblangan qovoqdan tayyorlangan taom va pishiriqlar sayili tashkil etgan boʻlsa, Sirdaryo viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi tibbiyot xodimlari tomonidan inson salomatligini saqlashda muhim oʻrin tutuvchi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari koʻrgazmasi, umum taʼlim maktablari va mahalla yigʻinlari hududida faxriy va nuroniylar, shoir va yozuvchilar, sanʼatkorlar ishtirokida targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.

Respublikamizda keng miqyosda oʻtkazilayotgan, koʻchat ek va bogʻ yarat aksiyasi doirasida koʻchat ekish yumushlari ham bajarilib, Sirdaryoliklar tomonidan mingdan ziyod manzarali va mevali koʻchat ekildi. 200 kilogramm atrofida osh damlanib, Qonlikoʻllik faollar, faxriy va nuroniylar uchun dasturxon yozildi.
Xullas, Qonlikoʻlda bayram boshlanib ketdi. Oʻtkazilgan tadbirda qonlikoʻlliklar faol ishtirok etib, dillarida katta ragʻbat his etdi.
Gʻulom PRIMOV,
Sirdaryo viloyat
Sogʻliqni saqlash boshqarmasi matbuot kotibi.