Majlisda bir qator qonun loyihalari deputatlar tomonidan koʻrib chiqilmoqda.
Xususan, Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.
Aytish kerakki, mazkur qonun loyihasi boʻyicha ijtimoiy tarmoqlar orqali turli xil fikr va mulohazalar bildirilmoqda. Jumladan, ushbu qonun loyihasida “haydovchilarni tezlikni oshirganlik uchun jarimani kamaytirish taklif etilmoqda” yoki “uchar” haydovchilarga jarima kamaytiriladi” va boshqa turli xil fikrlar.
Adliya vaziri R. Davletov mazkur Qonun loyihasini koʻrib chiqish jarayonida, ijtimoiy tarmoqlar va axborot saytlarida keng tarqalgan tezlikni oshirganlik uchun jarimani kamaytirish boʻyicha taklif mazkur Qonun loyihasida mavjud emasligini qayd etdi.
Adliya vazirligi fuqarolarni turli xil oʻz tasdigʻini topmagan noxolis axborotlarga chalgʻimaslikka chaqirib qoladi.
Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi