Oqdaryo tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspektsiyasi tomonidan tumanning “Chorbogʼ” MFY hududida reyd tadbirlari oʼtkazildi. Tadbir jarayonida, fuqaro T.Sh. tomonidan oʼzining texnika vositasi yordamida mazkur mahalladan oqib oʼtuvchi Qoradaryoning muhofaza qismida oʼsib turgan butalarni, yaʼni yulgʼin, jiydalarni ildizi bilan qoʼporib tashlagani aniqlandi. Bu xatti-harakati bilan fuqaro Oʼzbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish toʼgʼrisida”gi qonun talablarini qoʼpol tarzda buzib, tabiatga jiddiy zarar yetkazayotganligi maʼlum boʼldi.
Shu boiz huquqbuzarga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 82-moddasi 2-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma tuzildi. Ushbu koʼrilgan huquqiy taʼsir chorasi natijasida fuqaro T.Sh dan bazaviy hisoblash miqdorining oʼn barobari miqdorida 2 230 000 soʼm jarima va 669 000 soʼm tabiatga yetkazilgan zarar undiriladigan boʼldi.
Samarqand viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati