Taxminan 20 kishi boʻlgan ushbu avtobusda bolalar va homilador ayollar ham borligini jinoyatchining oʻzi maʼlum qilgan. Eslatib oʻtamiz, bugun, 21-iyul tongida oʻqotar qurol va portlatgichlar bilan qurollangan (oʻzini Maksim Ploxoy deb tanishtirgan) aslida Krivosh Maksim Stepanovich ismli shaxs yoʻlovchi avtobusini qoʻlga olgan.
Maksim Ploxoy “Twitter”dagi sahifasi orqali Ukrainaning birinchi shaxslari oʻzlarini “qonundagi terrorchilar” deb tan olishlarini videoga yozib olib hammaga maʼlum qilishlarini talab qilgan.
Soʻnggi xabarlarga koʻra, avtobus qurshab olingan hududda portlash yuz bergan. UNNsaytining maʼlum qilishicha, portlovchi qurilmani avtobusdagilarni garovga olgan odam tashqariga uloqtirgan, portlashdan hech kim jabrlanmagan.
U avtobus minalashtirilgani hamda shaharning boshqa joyida ham portlash sodir etilishi bilan tahdid qilgan.
Oradan bir necha soat oʻtib Luskda, mamlakat ichki ishlar vaziri Arsen Avakov shu masalada kengash oʻtkazayotgan Ukraina milliy politsiyasi binosi oʻqqa tutilgan.