Olimpiadaning viloyat bosqichi Davlat test markazi tomonidan 2021-yil 20-21-fevral kunlari barcha hududlarda oʻtkaziladi.
Olimpiada uch guruhga boʻlingan holda (birinchi guruh – 5-6-7-sinf, ikkinchi guruh – 8-9-sinf, uchinchi guruh – 10-11-sinf) tashkil etiladi.
Bunda:
birinchi guruh uchun jami 20 ta, jumladan, 6 ta standart, 7 ta mantiqiy, 7 ta nostandart test topshirigʻi va 80 daqiqa vaqt;
ikkinchi guruh uchun jami 25 ta, jumladan, 8 ta standart, 8 ta mantiqiy, 9 ta nostandart test topshirigʻi va 100 daqiqa vaqt;
uchinchi guruh uchun jami 30 ta, jumladan, 6 ta standart, 10 ta mantiqiy, 14 ta nostandart test topshirigʻi va 120 daqiqa vaqt ajratiladi.
Standart testlarning har bir toʻgʻri javobiga 2,1 balldan, mantiqiy test topshiriqlariga 3,2 balldan, nostandart test topshiriqlariga 4,3 balldan beriladi.
Test sinovlari oʻzbek va rus tillarida oʻtkaziladi.