Musobaqa Fargʻona viloyati prokuraturasi, viloyat hokimligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Jahon belbogʻli kurash assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston belbogʻli kurash federatsiyasi hamkorligida tashkil etildi.

Unda Rossiya, Moʻgʻuliston, Ozarbayjon, Belarus, Isroil, Gruziya, Hindiston, Moldova, Ruminiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston kabi dunyoning 20 ga yaqin davlatidan 182 nafar eng kuchli yosh sportchilar qatnashdi.

Chempionatda oʻsmirlar 11 ta vazn toifalarida, qizlar 7 ta vaznda gʻoliblik uchun bahs olib borishdi. Natijalarga koʻra, umumjamoa sifatida Oʻzbekiston 1-oʻrinni, Tojikiston 2-oʻrinni hamda Qirgʻiziston 3-oʻrinni egalladi.

Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida Fargʻona viloyatimiz sportchilari ham ishtirok etib, jami 18 ta medallarni qoʻlga kiritishdi.

Jahon chempionati bahslari yakunlangach, har bir vazn toifasida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan sportchilarga 5 mln. soʻm, ikkinchi oʻringa ega boʻlgan sportchilarga 3 mln. soʻm, ikkita uchinchi oʻrinni egallagan polvonlarga 2 mln. soʻmdan pul mukofotlari hamda diplom va medallar topshirildi.