Amerika Qoʻshma Shtatlarining Oʻzbekistondagi elchixonasi vakillari va Qoʻqon shahar hokimi Maʼrufjon Usmonov oʻrtasida oʻtkazilgan muzokaralarda Qoʻqon shahrida ingliz tilini yuqori saviyada oʻqitishni tashkil etish, ACCESS microscholarship program dasturi doirasida ehtiyojmand oilalar farzandlarini bepul ingliz tiliga oʻqitish masalalari muhokama etildi.
Qoʻqon davlat pedagogika institutida oʻtkazilgan uchrashuvda bu borada kelishuvga erishildi.