Maʼlum boʻlishicha, Sadoqat mahallasida yashovchi 1988-yilda tugʻilgan fuqaro A.Sh. oʻgʻli — 2010-yilda tugʻilgan Oʻ.Oʻ.ning xulqida jiddiy oʻzgarishlar kuzatilayotgani, u uyda janjal qilayotgani hamda maktabga borishdan bosh tortayotgani haqida mahalla profilaktika inspektori, katta leytenant Jahongir Mahmudovga murojaat qilgan.
Inspektor holatni oʻrganish uchun manzilga borgan vaqtda oʻsmir orqa tomondan yaqinlashib, qoʻlidagi oshxona pichogʻi bilan uning chap orqa bel qismiga jarohat yetkazgan.
Ogʻir tan jarohatiga qaramasdan, inspektor gumonlanuvchini zararsizlantirib, yordamchi kuchlarni chaqirtirgan. Xonadondagilar xavfsizligi taʼminlangan.
Inspektor shifoxonaga yotqizilib, unga “koʻkrak qafasi chap orqa tomoni plevra boʻshligʻiga teshib oʻtgan jarohat, chap tomonlama gemopnevmatorks, tashqi va ichki qon ketish” tashxisi qoʻyilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchi ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.