Tadqiqot natijalari Gamburgda bo'lib o'tgan Yevropa qandli diabetni o'rganish assotsiatsiyasining (EASD) yillik yig'ilishida taqdim etildi.
Olimlar 20 yoshdan 80 yoshgacha bo'lgan 1923 nafar kattalar (562 erkak va 1361 ayol) ma'lumotlarini tahlil qilishdi. Ulardan 436 nafari qandli diabet bilan kasallangan, 352 nafari diabet oldi holatida, 1135 nafarida esa qondagi glyukoza darajasi me'yorda edi. Ulardan choy ichish chastotasi (hech qachon, vaqti-vaqti bilan, tez-tez va har kuni), shuningdek uning turi (yashil, qora yoki boshqa choy) haqida so'ralgan.
Keyin olingan ma'lumotlar glisemik holat bilan solishtirildi. Olimlar choyni har kuni iste'mol qilganlarda diabetga chalinish xavfi va qonda qand miqdorining sezilarli darajada kamayganligini aniqlashdi. Xususan, har kuni choy ichadiganlarda ichmaydiganlarga qaraganda diabet oldi holari xavfi 15 foizga va diabetning ikkinchi turiga chalinish xavfi 28 foizga kam bo'lgan. Eng yaxshi natija qora choy ichganlar orasida kuzatildi.
Metabolik jarayonlarning yaxshilanishi, ehtimol, kuchli antioksidant va yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega bo'lgan alkaloidlar, erkin aminokislotalar, polifenollar, polisaxaridlar va ularning hosilalari kabi fermentlangan choyning noyob tarkibi tufayli sodir bo'ldi. Moddalar oshqozonosti bezi beta hujayralarining faoliyatini optimallashtirdi, insulinga sezgirlikni oshirdi, shuningdek, ichakdagi bakteriyalar tarkibini o'zgartirdi.
Istiqbolli natijalarga qaramay, tadqiqotchilar aniq xulosalar chiqarish uchun ko'proq sinovlar o'tkazish kerakligini ta'kidlashdi, deb xabar beradi lenta.ru.