Maʼlum qilinishicha, hukumat mamlakatning milliy birligi, suvereniteti yoki hududiy yaxlitligi gʻoyalariga putur yetkazadigan qoʻshiqlarni ijro etishni taqiqlaydi. Tarkibi Xitoyning diniy siyosatiga zid boʻlgan qoʻshiqlar karaokedagi musiqa katalogidan chiqariladi. Bundan tashqari, odobsizlik, qimor, zoʻravonlik va giyohvandlik bilan bogʻliq jinoyatlarni targʻib qiluvchi qoʻshiqlarni kuylash ham taqiqlanadi.
“Vazirlik sotsialistik asosiy qadriyatlarni targʻib qilish, musiqa va raqs koʻngilochar sanoatining sifatli rivojlanishiga koʻmaklashish uchun karaoke tarkibidagi musiqiy kontentni boshqarish boʻyicha vaqtinchalik nizomni ishlab chiqdi”, deyiladi xabarda.
Taʼkidlanishicha, mamlakatda 50 mingga yaqin karaoke faoliyat yuritadi, taqiq esa 2021-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.