Buxoro viloyatining Qorakoʻl tuman, tuman tibbiyot birlashmasida joriy yilda, 3 ta muassasa – tumanlararo Gemodializ markazi, Yurak qon tomir va qoʻshma jarohatlar markazi, Perinatal markazi birinchi bor tashkil qilindi.
Birlashmaga kuni kecha yana sogʻliqni saqlash vazirligi avtoparki tomonidan umumiy qiymati 478 mln.soʻm boʻlgan Germaniyaning “Wolkswagen” rusumli maxsus reanomobil avtomashinasi keltirildi va tuman sektor rahbarlari tomonidan boʻlimga topshirildi.
Tibbiy transportni tuman hokimi Sherali Salomov topshirdi.
Xabar qilinishicha, kelasi yil oxiriga qadar yana 4 dona xuddi shu rusumdagi reanomobillar keltirilishi rejalashtirilgan, deya xabar beradi, tumani hokimligi axborot xizmati rahbari Rabbonqul Muxtorov