Hududlarda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish borasida olib borilayotgan ishlarni o'rganish va mavjud muammolarni bartaraf etish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo'yicha maslahatchisining birinchi o'rinbosari Qahramon Kuranbaev va O'zbekiston YOshlar agentligi direktori Alisher Sa'dullaev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi vakillari 6 yanvar` kuni Qorako'l tumanida bo'ldilar.
Respublika yoshlar etakchisi dastlab Qorako'l tuman Madaniyat markazida bo'lib madaniy va ijtimoiy sohada yoshlarimiz uchun amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Faoliyat olib borayotgan ijodiy to'garaklar va yoshlar bilan gavjum kutubxona mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Bu erda yoshlar etakchilari bilan individual` suhbatlar qilinib, ularni qiynab kelayotgan muammolar va amaliyotga tatbiq qilinishi kerak bo'lgan takliflari tinglandi.
SHundan so'ng Qorako'l tumani hokimligida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv avvalida Alisher Sadullaev va tuman hokimi SHerali Salomovlar tomonidan yakunlangan yilning 25 dekabr kuni bo'lib o'tgan Davlatimiz Rahbarining YOshlar bilan uchrashuvi va Parlamentga murojaatnomalarida yoshlarimizga qator imkoniyatlar taqdim qilingani, 2021 yilga “YOshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” yili deb nom berilganligining o'zi ham yangi yilning yoshlarimiz uchun imkoniyatlar va muvaffaqiyatlar manbai bo'lishi ta'kidlab o'tildi.
Tuman rahbari o'z so'zida yoshlarni Qorako'lning haqiqiy harakatlantiruvchi kuchi sifatida e'tirof etdi. YOshlar bilan ko'proq suhbat qurish, ularni tinglash zarurligiga e'tibor qaratdi. Bugun ertamiz egalari qaysi sohada bo'lmasin, u tadbirkorlik, ilm-fan, hunarmandchilikda o'z o'rniga ega. Ular o'z sohalari rivojiga salmoqli hissa qo'shib kelishmoqda. Qolaversa, biz qilayotgan ishlarning barchasi tuman aholisining qariyb 56% foizini tashkil etadigan 91 ming 840 nafar yoshlar uchundir.
Ochiq muloqotda ertamiz egalarining fikr-mulohazalari tinglandi, ularni qiynayotgan masalalar to'g'risida suhbatlashilib, mavjud muammolarga uchrashuvning o'zidayoq echim va takliflar berildi.
Tumanda “YOshlarga oid davlat siyosati to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi qonuni talablarini hayotga to'laqonli tadbiq etish, yoshlarning hayotda o'z o'rnini topishpi uchun munosib sharoitlar yaratish, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash borasida izchil amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev boshchiligida 2020 yil 8 oktyabrda o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida “YOshlar daftari” tizimining asosiy jihatlari, jumladan ularni shakllantirish tartibi va me'yorlari, ushbu daftarga kiritiladigan shaxslarni qo'llab-quvvatlash mexanizmlarini amaliyotga tadbik etish maqsadida bir qator ishlar qilib kelinmoqda.
Jumladan, Qorako'l tumanida aholi soni 164 ming 296 nafar bo'lib, shundan aholining 30 yoshgacha bulgan yoshlar soni 91 ming 840 nafar (56%), 18-30 yoshgacha bulgan yoshlar 37 ming 274 nafar (20%)ni tashkil etadi. Ishchi guruhlar tomonidan bugungi kunga qadar 29781 ta xonadonlarga (100%) kirilib, 37 ming 274 nafar bo'lgan yoshlarning 34 ming 35 nafari (93,2) yoshlarning ro'yxatlari shakllantirilib “Ayollar daftari” va “YOshlar daftari” elektron ba'zasiga kiritildi. SHundan; xatlovda ularning bandlik holati o'rganilganda 7340 nafari (yoshlar) rasmiy, 18278 nafari (yoshlar) norasmiy ish bilan bandligi, 6674 nafar ayollar (yoshlar) uy bekasi, 1247 nafari (yoshlar) vaqtincha ishsiz, shundan 383 nafari ishlash istagini bildirgan xotin-kizlar va 355 nafari ta'lim muassasalarini bitirgan ishsiz yoshlarni tashkil etdi. Xatlovdan o'tkazish jarayonida ishchi guruh a'zolari tomonidan suhbat asosida ularning xohish va istaklari o'rganilganda band bo'lmagan, ishlash istagini bildirgan 1247 nafar yoshlarning ro'yxatlari shakllantirilib, ularni taklif va tashabbuslari urganilib chiqildi. SHundan:
- chet elda ishlash istagi bulgan yoshlar jami 227 nafarni;
- kasb-hunarlarga ukishn istagi bo'lgan yoshlar 195 nafarni;
- tadbirkorlik tarmoklarida ishlash istagi bo'lgan yoshlar 220 nafarni;
- qurilish sohasida ishlash istagi bo'lgan yoshlar 110 nafarni;
- qishlok xo'jaligi sohasida 60 nafarni;
- o'zini uzi band qilish yunalishida 70 nafarni;
- xak tulanadigan jamoat ishlarida 80 nafarni;
- uz mutaxassisligi buyicha ishlash istagi bor yoshlar 285 nafarni tashkil etadi.
Bugungi uchrashuv davomida yoshlarimiz tomonidan haqiqatdan nazarga olish shart bo'lgan bir nechta muhim tashabbuslar ilgari surildi.
Muloqot tarzidagi “Rahbar va yoshlar” uchrashuvida joylarda etakchilar uchun chet tillari bo'yicha trenerlik kurslarini tashkil etish, bu orqali yoshlarning xorijiy tillarga bo'lgan ko'nikmalarini oshirish, bandlik, tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yish, biznes loyihalarini qo'llab-quvvatlash, kutubxona tashkil etish singari masalalar yuzasidan 34 nafar yoshlar tomonidan 100 dan ortiq muammo va takliflar o'rtaga tashlandi.
Xususan, “Bandboshi” MFYda istiqomat qiluvchi bir oilaning ikki nafar farzandi Hamdamova Sadafxon va Sadoqatlarga o'xshagan 21 nafar yoshlarga o'z tadbirkorligini boshlash uchun imtiyozli kreditlar ajratilishi ko'zda tutildi.
O'n nafardan ortiq yoshlar esa yangi ish o'rnilariga ega bo'lib, yangi jamoada ish faoliyat boshlaydigan bo'ldilar.
“Do'rmon” MFYda istiqomat qiluvchi Ingliz tili ixlosmandi Qo'ldoshev Farxodjonning CHet tiliga ixtisoslashgan bepul to'garaklar tashkil etish va bu to'garak faoliyatini onlayn tarzda ijtimoiy tarmoqlar orqali targ'ibot qilish bo'yicha tashabbusi yig'ilganlarda yuqori taassurot qoldirdi va bu g'oya tez su'ratlarda tumanda faoliyat boshlashi mutasaddilar tomonidan ta'kidlandi.
“Arna” MFYda istiqomat qiluvchi yoshlardan biri Jaloliddin SHamsiddinov ham tuman Hunarmandlari safiga qabul qilindi va guvohnoma taqdim qilindi. YAngibozorlik Javohir Abduraxmonovga o'xshagan bir nechta yoshlar o'zlarining shaxsiy issiqxonalariga ega bo'ldilar.
Uchrashuv davomida tuman hokimi tomonidan yana bir yangi tashabbus yoshlarga ma'lum qilindi. Haftaning har shanbasi “YOshlar kuni” sifatida belgilanib, tuman rahbarlari hafta so'ngida har bir hududda bo'lib yoshlarning muammolari bilan yuzlashishi ta'kidlandi.
-Qishlog'imdagi 10 nafardan ortiq qizlarga tikuvchilik va pishiriqchilik sirlarini o'rgatib kelaman-, deydi “Darg'abog'i” MFYda yashovchi elmira Saylixonova. Bugundan men va chevar shogirdlarimga 38 maktab binosidan to'garak faoliyati tashkil qilib beriladigan bo'ldi. “Ustoz-shogird” an'anasi asosida tashkil qilinadigan yangi korxonamda Bandlik jamg'armasi hisobidan shogirdlarimga stipendiya va menga esa maosh beriladigan bo'ldi. Mendagi qobiliyatni yuqori baholab bu kabi imkoniyatlar berilganidan nihoyatda minnatdorman.
SHuningdek, uchrashuvga tashrif buyurgan Ortiqov Abrorjon va Xo'jaqulova Hulkarxonlar “YOshlar forumi”da ilgari surilgan tashabbuslar, hattoki rivojlangan davlatlar tajribasida bo'lmagan ammo Muhtaram Prezidentimiz tomonidan taqdim qilingan imkoniyatlar va ushbu uchrashuvlardagi o'zlarining iliq taassurotlarini aytib o'tdilar. Qorako'l ta'limi va yoshlariga berilayotgan yuksak etirof, ulkan imkoniyatlar uchun tuman yoshlarining minnatdorchiligini shaxsan Davlatimiz Rahbariga etkazishlarini iltimos qildilar.
Ha, 2021 yilning ilk kunlarida yoshlarimizni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan ta'sirli chora-tadbirlar Qorako'l tumanida o'zining ijobiy natijalarini bermoqda. SHuning o'zi davlatimiz kuch-qudrati yoshlar uchun safarbar etilayotgani, ularning kelajagi millat taqdiri ekanligini, endi o'zbek davlatchiligi yangicha rivojlanish tendentsiyasiga o'tganligini anglatadi.
Qorako'l tumani hokimligi matbuot xizmati