Davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosidagi ushbu loyihaning tender jarayonlari bir nechta bosqichlarda boʻlib oʻtdi. Joriy yilning 22-may kuni dastlabki tanlov ishtirokchilariga takliflar boʻyicha soʻrov yuborilgan edi. Shunga koʻra,
1) Abu Dhabi Future Energy Company PJSC (MASDAR),
2) International Company for Water and Power Projects (ACWA Power),
3) Voltalia kompaniyalari oʻz qiziqishlarini bildirdi.
Ayni paytda qabul qilingan takliflar koʻrib chiqilmoqda. Xususan, tender komissiyasi Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Moliya vazirligi vakillarini oʻz ichiga olgan.