Xususan, Nukus shahar “Chimboy guzari” va “Jana bazar” MFY hududlarida har biri 660 oʻrinli yangi maktab binolari quriladigan boʻldi. 2 navbatdan yuqori umumtaʼlim maktablariga qoʻshimcha oʻquv binosi qurish bilan birga, Xoʻjayli tumanidagi 3-sonli aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga 150 oʻrinli yotoqxona hamda 6-sonli skolioz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining oʻquv binosini taʼmirlash, qoʻshimcha 96 oʻrinli oʻquv binosi, 75 oʻrinli yotoqxona va suzish xavzasi (basseyn) qurish boʻyicha ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga takliflar kiritildi.

Joriy yilda Nukus shahridagi 10-sonli ixtisoslashtirilgan koʻzi ojizlar maktab-internati 100 oʻrinli xom gʻishtdan qurilgan oʻquv binosi oʻrniga 220 oʻrinli qoʻshimcha oʻquv binosini qurish, mavjud yotoqxona va yordamchi xonalarini taʼmirlash, sunʼiy qoplamali sport maydoni barpo etish, mebel jihozlari, Brayl displey texnik vositalari bilan taʼminlash, Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi binosini mukammal taʼmirlash hamda jihozlash amalga oshirilishi rejalashtirildi.