Quyidagilar 2025–2026-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasini barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib belgilandi, jumladan:
- yalpi hududiy mahsulot hajmini oʻrtacha 6–6,5 foizga yetkazish;
- sanoat ishlab chiqarishi hajmini 5–6 foizga yetkazish;
- bozor xizmatlari hajmini 15–17 foizga yetkazish.
Qarorga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasini 2035-yilgacha rivojlantirish boʻyicha strategiya 5-yillik batafsil dastur asosida amalga oshiriladi.
Dasturni moliyalashtirish uchun natijaga asoslangan moliyalashtirish tizimi (PforR) boʻyicha 150–200 million AQSH dollari miqdoridagi xorijiy mablagʻlar jalb qilinadi.









