Qoraqalpogʻiston respublikasi oʻrmon xoʻjaligi sayyoxlarni jalb etadigan maskanga ayldantirilmoqda

    Beruniy davlat oʻrmon xoʻjaligida yangi ekoturizm obyekti barpo etildi.

    Qoraqapogʻiston respublikasi oʻrmon xoʻjaligiga qarashli Beruniy davlat oʻrmon xoʻjaligida ham sayyohlarni oʻziga jalb etadigan maskanlarga aylantirish borasida maqsadli ishlar amalga oshirildi.

    Xususan, Beruniy davlat oʻrmon xoʻjaligida yangi ekoturizm obyekti barpo etildi. Mazkur obyektda yaratilgan sharoitni Qoraqapogʻiston oʻrmon xoʻjaliklari rahbarlariga namunaviy maskan sifatida koʻrsatish hamda shu kabi turizm maskanlari qolgan oʻrmon xoʻjaliklarida koʻpaytirish borasida oʻquv seminar oʻtkazish rejalashtirildi.

    Shunigdek, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi oʻrmon fondi yerlarida ham ekoturizm loyihalarini amalga oshirishda salohiyatli oʻrmon xoʻjaliklari tanlab olindi.