Maʼlumot uchun: 1-oʻrinni egallagan oʻquvchilarning har biri noutbuk, 2-oʻrin televizor, 3-oʻrin velosiped va 1-2-3-darajali medal, diplom va kubok, shuningdek, ularni musobaqalarga tayyorlagan jismoniy tarbiya fani oʻqituvchi-trenerlari sport ekipirovkalari bilan taqdirlandilar.
Ushbu nufuzli sport musobaqalarida umumjamoa hisobida 1-oʻrinni egallagan Qoraoʻzak tumani umumjamoasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oliy sovgʻasi “Damas” rusumli avtomashinasi topshirildi.