Oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda Departamentning Taxtakoʻpir tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.P. fuqaro A.K.ning ishonchiga kirib, qalbaki hujjatlar asosida rasmiylashtirilgan Nukus shahri hududidagi 3,6 sotix yer uchastkasini 170 mln soʻmga sotishga kelishib, ushbu pullarni firibgarlik yoʻli bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shuningdek, Departamentning Andijon tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tadbirda fuqaro N.N. fuqaro X.A.ga “U.D.” qoʻshma korxonasiga ajratilgan yer maydonining 4 sotixini goʻyoki kadastr boʻlimida ishlovchi tanishlari orqali 10 500 AQSH dollari evaziga turar joy sifatida rasmiylashtirib berishini aytib, ushbu pullar hisobidan 5 500 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.