Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 iyuldan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazmdagi savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarida amalga oshirilgan xaridlar bo‘yicha nazorat-kassa texnikasi orqali berilgan cheklar asosida yutuqli o‘yinlar o‘tkaziladi.
Qaror bilan tasdiqlangan nizomga asosan, xarid cheklarini “Soliq” ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan har bir shaxs yutuqli o‘yin ishtirokchisiga aylanadi.
“Soliq” ilovasida har bir shaxsga ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarid cheklarining yutuqli o‘yinga kiritilgani haqida ma’lumot berib boriladi.
Yutuqli o‘yin har oyda “Soliq” ilovasidagi “Yutuqli o‘yinlar” platformasi orqali o‘tkaziladi.
Tanlov 1 oy davamida ishtirokchilar tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarid chekları jamlanmasi doirasida o‘tkazilib, g‘oliblar inson omilisiz xarid chekini tasodifiy tanlab olish asosida aniqlanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida har bir yutuqli o‘yin g‘olibiga bosh sovrin sifatida avtomashina taqdim etiladi.