Shuhrat Teshayev 2014-2016-yillarda Oʻzbekiston qishloq va suv xoʻjaligi vaziri boʻlgan.
2016-2018-yillarda qishloq va suv xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari – Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi bosh direktori, 2018-2019-yillarda Fargʻona viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, bungacha Shuhrat Teshayev Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan.