Qoraqalpog‘iston Respublikasida chorvachilik sohasida ilk bor “In-vitro” usulida ko‘chirib o‘tkazilgan embriondan sog‘lom golshtin zotli buzoq olindi.
Ma’lum qilinishicha, Xo‘jayli tumanida tashkil etilgan naslli qoramollardan embrion ishlab chiqarish laboratoriyasi o‘z faoliyatining dastlabki yuqori texnologik natijasini qayd etdi. 2026 yil 4 may kuni Nukus tumanidagi “Qo‘ng‘irotboy Mehrı” naslchilik fermer xo‘jaligida embrion transplantatsiyasi orqali dunyoga kelgan birinchi golshtin zotli buzoq tug‘ildi.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, embrion transplantatsiyasi texnologiyasi oddiy sun’iy urug‘lantirishga nisbatan bir necha bosqichni “sakrab o‘tish” imkonini beradi. Ya’ni, odatda 10–14 yilda erishiladigan seleksion natijalarni qisqa muddatda qo‘lga kiritish mumkin.
Hozirda tug‘ilgan buzoqning holati yaxshi ekani aytilmoqda. U tug‘ilgan vaqtda 32 kilogramm bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi vazni 37–40 kilogrammga etgan. Mutaxassislar uning o‘sishi, vazn to‘plashi va mahalliy iqlimga moslashuvini ijobiy baholamoqda.
Loyiha doirasida hozirga qadar 70 dan ortiq qoramolga embrion transplantatsiyasi amalga oshirilgan. Bunday tajribalar Nukusdan tashqari Chimboy, Taxtako‘pir va boshqa tumanlarda ham davom ettilmoqda.
“Qo‘ng‘irotboy Mehrı” fermer xo‘jaligi 2020 yilda tashkil etilgan bo‘lib, ayni paytda unda 650 dan ziyoд naslli qoramol parvarish qilinmoqda. Ferma va “In-vitro” laboratoriyasi hamkorligidagi dastlabki ko‘chirib o‘tkazish ishlari 2025 yil yozida boshlangan edi.