Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-iyuldagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisida”gi Farmoniga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi PF-164-sonli Farmonini tasdiqlash masalasi koʻrib chiqilmoqda.

Mazkur hujjatga muvofiq, 164-sonli Prezident Farmonining 2-bandidagi “soat 21:00 dan soat 07:00 ga qadar” soʻzlari “soat 23:00 dan soat 05:00 ga qadar” soʻzlari bilan almashtirilmoqda. Yaʼni Qoraqalpogʻistonda komendantlik soati qisqartirilmoqda.