Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, pellet – turli xil don ekinlarining somoni, makkajoʻxori poyasi, deyarli barcha oʻsimliklarning ildizlari va barglari, yogʻochni qayta ishlashdan chiqqan chiqindilar hamda maishiy chiqindilardan tayyorlanadi.
Uning yillik ishlab chiqarish quvvati 12 ming tonnani tashkil etadi. Zavod ishga tushishi natijasida 20 ta yangi ish oʻrni yaratildi.
Muqobil yoqilgʻi turlaridan biri hisoblangan mazkur qattiq yoqilgʻi mahsulotidan xonadonlar va ijtimoiy soha obektlarini isitishda foydalaniladi.
Zavod Energetika vazirligi va Koreya energetika agentligining hamkorlikdagi navbatdagi loyihasi boʻlib, ishlab chiqarilayotgan mahsulot respublikamizda muqobil yoqilgʻi turini rivojlantirishga va energiya resurslarini tejashga xizmat qiladi.