Mazkur holat yuzasidan Madaniy meros agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi tomonidan tegishli tartibda joyiga chiqib oʻrganish ishlari olib borganini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, sohildan hech qanday madaniy qimmatga ega arxeologik topilma yoki xazina topilgan emas. Tasvirlardagi tangalar esa bugungi kunda muomalada boʻlgan 2018 va 2022-yilda chiqqan 200, 500 hamda 1000 soʻmlik tangalar ekanligi maʼlum boʻldi.
Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniy meros boshqarmasi hamda Ellikqalʼa tumani hokimligi vakillari ishtirokida dalolatnoma rasmiylashtirildi.
Oʻrganishlar davomida videomurojaatda keltirilgan maʼlumotlar haqiqatga toʻgʻri kelmasligi aniqlandi.
Madaniy meros agentligi fuqarolarni tekshirilmagan maʼlumotlarni tarqatmaslikka, faqat rasmiy manbalarga tayanishga hamda madaniy meros obyektlariga nisbatan masʼuliyat bilan munosabatda boʻlishga chaqirdi.








