O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi ijrosini ta'minlash maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi hududida yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarining Toshkent viloyatiga sayohati uyushtirilishi ko'zda tutilgan.

Bugun Toshkent Janubiy vokzaliga Mo'ynoq tumani va Nukus shahridan 308 nafar o'quvchi yoshlar etib keldi.

Ular Toshkent viloyatining xushhavo manzilidagi oromgohda ta'til vaqtlarini maroqli o'tkazishadi.

O'n ikki kun davom etadigan mazkur dam olish dasturi uchun qiziqarli kun tartibi shakllantirilgan.

Ayni vaqtda bolajonlar ular Bo'stonliq tumanidagi “Gulzor” oromgohiga joylashtirilmoqda.

Mehmonlarni vokzalda Toshkent viloyati hokimining o'rinbosari Jamshid Bobojonov boshchiligidagi mutasaddilar kutib olishdi.