Prezidentning tegishli Farmoniga kiritilgan qoʼshimchaga koʼra, Qoraqalpogʼiston Respublikasida doimiy yashaydigan hamda umumiy oʼrta, oʼrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarini tamomlagan yoshlar uchun 2023/2024 oʼquv yilida davlat granti asosida qoʼshimcha 3 000 ta oʼrin ajratiladi.
Bunda soha va tarmoqlarning oliy maʼlumotli kadrlarga boʼlgan ehtiyoji aniqlanib, oliy taʼlim muassasalari va taʼlim yoʼnalishlari kesimidagi takliflar Oʼzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʼyicha davlat komissiyasiga 2023-yil 20-iyulgacha taqdim etiladi.