Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Aholini qiynab kelayotgan mavjud muammolarni tezkor bartaraf etishga qaratilgan hamda amaliy tadbirlarni oʻz ichiga olgan “yoʻl xaritasi”;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi shahar va tumanlarining ixtisoslashuvi, “oʻsish nuqtalari” va “drayver sohalari”;
  • Sanoat, qishloq xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarining yigʻma parametrlari;
  • 2022-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasida muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish infratuzilmasini rivojlantirish hamda ijtimoiy soha obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha kompleks tadbirlar;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasining shahar va tumanlarida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha shakllantirilgan istiqbolli loyihalarning manzilli roʻyxati.

Kompleks dasturga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2022 - 2026-yillarda yalpi hududiy mahsulot hajmi 1,5 baravarga, sanoat mahsulotlari hajmi 1,5 baravarga, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 1,2 baravarga, xizmatlar hajmi 2,9 baravarga hamda qurilish ishlari hajmi 1,4 baravarga oshiriladi.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 05.04.2022-yildan kuchga kirdi.