— Oʻtgan yili ushbu oilaviy poliklinika juda ogʻir ahvolda edi, — deb yozadi Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva oʻzining telegram kanalida. — Tor va eski bino, deyarli hech qanday sharoit boʻlmagan. Samarqandlik tadbirkor Zafar Toʻrayev tashabbusi va saxovatpeshaligi tufayli bu yerda 200 oʻrinli oilaviy poliklinika bunyod etildi.
Oʻshanda: “Bunday davom etishi mumkin emas. Yangi, zamonaviy poliklinika qurish kerak!” — degan fikrga kelgandim.
Samarqandlik tadbirkor Toʻrayev Zafar Suyunovichning tashabbusi va saxovatpeshaligi tufayli, bugun bu yerda yorugʻ, keng va zamonaviy 200 oʻrinli oilaviy poliklinika bunyod etildi. Zamonaviy tibbiy uskunalar oʻrnatildi, shifokorlar va bemorlar uchun qulay sharoitlar yaratildi.
“Shunday ezgu ishga hissa qoʻshayotgan vatanparvar tadbirkorlarimizga chin dildan minnatdorlik bildiramiz”, dedi Saida Mirziyoyeva.