Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro I.J., J.X. va D.X.lar oldindan til biriktirib, fuqaro D.ni Qoraqalpoq Davlat universitetining jismoniy tarbiya fakultetiga tanishlari orqali oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 5 000 AQSH dollari qiymatida 3 000 AQSH dollari va 20 mln soʻmni firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.