Ular 2004-2005-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar va qizlar oʻrtasida oʻtadigan Oʻzbekiston chempionatida 9 ta vaznda oʻgʻil bolalar, 8 ta vaznda qizlar oʻrtasida oʻzaro bellashadi. Bugun kun mobaynida jamoalar chempionat oldi oʻtkaziladigan mandat komissiyasining yigʻilishi, hakam va murabbylar uchun boʻladigan seminar mashgʻulotlarida ishtirok etishadi.

Ertaga, 6-may kunidan esa Oʻzbekiston chempionatiga rasman start beriladi.

Musobaqalarda oʻsmirlar 50, 55, 60, 66, 73, 81, 90, 100, +100 kilogramm vazn toifalarida gilamga chiqsalar, barchinoy qizlarimiz 44, 48, 52, 57, 63, 70, 78 hamda +78 ogʻirlikda gʻoliblik uchun kurashadi.

Nukus shahridagi Olimpiya zaxiralari kollejida kechadigan murosasiz bellashuvlar 8-mayga qadar davom etadi.