Qoraqolpogʼistonda Beshta muhim tashabbus ijrosini taʼminlash maqsadida sport musobaqalari tashkil etildi

    Joriy yilning 21-22 may kunlari Qoraqolpogʼiston Respublikasi Nukus shahrida Oʼzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʼzbekiston Milliy paralimpiya qoʼmitasi, Oʼzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi hamda Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʼyicha ilgari surilgan Beshta muhim tashabbus doirasida sport musobaqalari tashkil etildi.

    Unda qatnashgan 50 nafarga yaqin jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʼlgan yoshlar para yengil atletika, para badminton, para stol tennisi hamda para Esports (kibersport) boʼyicha oʼz mahoratlarini sinovdan oʼtkazishdi. Yakunda gʼolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan medal hamda maxsus diplom bilan taqdirlandi.