O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi hamda O'zbekiston bel olish va uch kurash assotsiatsiyasining yillik-taqvim rejasidagi mazkur mamlakat chempionatida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 800 dan ortiq yosh polvonlar g'oliblik uchun kurash tushishdi.

Musobaqa reglamentiga muvofiq, dastlab bel olish kurashining halqa – chalish, chalish hamda uch kurashning yaktakli yo'nalishlari bo'yicha musobaqalar yakunlanib, g'oliblar nomi aniqlangan bo'lsa, musobaqaning so'nggi kunida uch kurashning yaktaksiz va halqa yo'nalishlarida ham kuchlilar saralandi. Demak murosasiz tarzda o'tgan O'zbekiston chempionatining mazkur yo'nalishlarida o'z vazn toifalariga ko'ra oltin medalga sazovor bo'lgan sportchilar bilan tanishing.

Uch kurashning yaktaksiz yo'nalishi:

O'g'il bolalar

50 kg. – Nozimjon Komilov (Andijon)

54 kg. – Husanboy Muhammadjonov (Andijon)

58 kg. – Sardor Komilov (Andijon)

62 kg. – Jamoliddin Yo'ldoshev (Jizzax)

66 kg. – Diyorbek Abdusalomov (Andijon)

70 kg. – Shohsulton Abdusattorov (Jizzax)

74 kg. – Yusufali G'anijonov (Jizzax)

78 kg. – Muhammadali Tilovoldiev (Andijon)

82 kg. – Doston Abdumajidov (Andijon)

86 kg. – Azamjon Mamasoliev (Andijon)

90 kg. – Husniddin Jalolov (Jizzax)

96 kg. – Rasuljon Abdumo'minov (Farg'ona)

+96 kg. – Amanboy Utarboev (Toshkent v.)

Qizlar

48 kg. – Gulsanam Toshmamatova (Namangan)

52 kg. – Muhabbat Murodova (Namangan)

56 kg. – Gulhayo Odilova (Andijon)

Mutloq vazn. – Muazzam Sultonova (Farg'ona)

Uch kurashning halqa yo'nalishi:

O'g'il bolalar

50 kg. – Asadbek To'xtasinov (Farg'ona)

54 kg. – Hasanboy Mamajonov (Farg'ona)

58 kg. – Elbek Yo'ldoshev (Surxondaryo)

62 kg. – Oybek Orifboev (Jizzax)

66 kg. – Asliddin Umarov (Surxondaryo)

70 kg. – Laziz Hojimurodov (Jizzax)

74 kg. – Qudrat Allaniyozov (Surxondaryo)

78 kg. – Farrux Turopov (Surxondaryo)

82 kg. – Samandar Abdusalimov (Surxondaryo)

86 kg. – Azamat Abdumanonov (Farg'ona)

90 kg. – Asadbek Badalov (Toshkent v.)

96 kg. – Ilhom Odilov (Namangan)

+96 kg. – Nodir Jo'raev (Sirdaryo)

Mutloq vazn. – Asilbek Qorjovov (Surxondaryo)

Musobaqa g'olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.