Kinematografiya agentligi Axborot xizmatining taʼkidlashicha, mazkur kinokartina Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari yuzasidan “Xalq yuragi” turkumi ostida tayyorlandi.
Hujjatli film ssenariysini adabiyotshunos olim Naim Karimov yozgan. Rejissyor Ibrohim Rasulov, operator Ahmadjon Sodiqov, kompozitor Doniyor Agzamov, rassom Komil Allaberganovlardan iborat ijodiy jamoa filmdagi yangi maʼlumotlar asosidagi voqealar yurtdoshlarimizda katta taassurot qoldirishiga umid bildirishmoqda.