Ajratilgan 649 mln so‘m mablag‘ evaziga tuman tarixida ilk bor rentgenoskopiya apparati xarid qilinib, o‘rnatildi.  

Xitoy xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan mazkur uskuna yordamida bemorlarni kontraslash usuli bilan tekshirish, buyrakdagi tosh, oshqazon kasalliklari, skelet sistemasidagi o‘zgarishlarni aniq ko‘rish bilan bir qatorda, nafas olish organlarini to‘lik tekshirish imkoniyatini yaratadi. 

Shu vaqtga qadar bemorlar mazkur apparatda tekshirishdan o‘tishlari uchun viloyat markaziga borishlari talab etilgan bo‘lsa, endilikda ushbu uskunaning tumanimizda o‘rnatilganligi, bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatning sifati oshishiga, shu bilan birgalikda, bemorlarining vaqti va xarajatini kamaytirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.