Shu kunlarda Qorovulbozor tumanidagi dehqon bozorini qayta qurish ishlari avj pallaga kirgan. Yangi dehqon bozorini toʻliq rekonstruksiya qilish va zamonaviy koʻrinishga keltirish Oʻzbekiston Prezidentining 2017-yil 27-martdagi “2017–2019-yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori asosida amalga oshirilmoqda.
Natijada 17 ta savdo oʻrniga ega boʻlgan ochiq pavilyon va 32 ta ikki qavatli savdo doʻkoni, shuningdek, goʻsht, sut, baliq, meva-sabzavot, non, qandolat mahsulotlari sotishga moʻljallangan alohida pavilyonlar qurib, foydalanishga topshiriladi.
Qisqa aytganda, yangilanadigan dehqon bozorida tadbirkor, fermer va dehqonlarga oʻzlari yetishtirgan mahsulotlarni sotishlari uchun shart-sharoit hozirlanadi. Va bu zamonaviy dehqon bozori qorovulbozorliklar uchun oʻziga xos bayram sovgʻasi boʻladi.